Andijon Davlat
Universiteti
YOSH RASSOMLAR TANLOVI
2018-04-26    6152

Respublikamizda o‘tkazilayotgan san‘at haftaligi doirasida Pedagogika fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Fakultet Yoshlar ittifoqi hamkorligida yosh rassomlar ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
Unda nafaqat universitetimizning talabalari balki san'at kollejlaridan ham talabalar o'zlarining ijod na'munalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirni pedagogika fakulteti dekani Charosxon Shokirova ochib berdi, rassomchilik sanʼati va uning talablar hayotida tutgan o'rni haqida to'xtalib o'tdi.
So'ng hay‘at a‘zolari O‘zbekiston xalq rassomi Obidjon Bakirov, TSMG kafedrasi mudiri X.Ismonov, o‘qituvchi A.Mamataliyevlarga so'z berildi. Ular ham ishtirokchilarga omad tiladilar, o'zlarining tajribalarini yig'ilganlar bilan o'rtoqlashdilar. Bu o'z navbatida ijodkor talabalarga mahorat maktabi bo'lib hizmat qildi.

Qizgʻin va shaffof ruhda kechgan tanlov natijalariga koʻra tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi ta‘lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Mahmudova Shaxlo 1-o‘rin, Omadjonova Mohilaroy 2-o‘rin, Eminjonova Mohigul 3-o‘rinni egalladilar.
Tanlov gʻoliblari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Dilorom ISMANOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.