Andijon Davlat
Universiteti
AQSHda o'tkazilgan CESS konferensiyasida R.Shamsitdinov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi
2023-11-04    594

Xabaringiz bor, 19-22-oktabr kunlari Markaziy Yevrosiyo Tadqiqotlar Jamiyatining AQShning Pitsburg universitetida bo'lib o'tgan navbatdagi konferensiyasida Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani, dotsent Ravshan Shamsitdinov ham qatnashdi.

Mazkur konferensiyada dotsent R.Shamsitdinov ta'limga bag'ishlangan "Markaziy Osiyoda bilimlarni yaratishni dekolonizatsiya qilish: turli yo'nalishlarda pedagogika va ilmiy ishlar haqida fikr yuritish" mavzusida ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.


Shuningdek, tashrif davomida Amerika, Yevropa va Osiyoning qator olimlari bilan uchrashuvlar olib borildi, universitetimiz va dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik hamda ilmiy aloqalarni o'rnatish, hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o'tkazildi.


Ushrashuvda 2024-yilning dekabr oyida Andijon davlat universitetida Markaziy Osiyo, jumladan, O'zbekiston tarixiga oid xalqaro konferensiya hamda "Markaziy Osiyo 1991 — aytilmagan tarix" mavzusida seminar o'tkazish rejalashtirilgan va bu borada tegishli ishlar olib borildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.