O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-sonli "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda kadrlar tayyorlashnining ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi oliy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish kabi muhim vazifalar belgilanganligini e’tiborga olib, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh mamlakat universitetining Fizika-texnika fakulteti “Nazariy va tajribaviy fizika” kafedrasi prfessori Ыslamiddin Toshpolotov hamda Matematika va informatsion texnologiyalar fakulteti “Algebra va geometriya kafedrasi” professori Dilmurod Tursunovlar fakultetga tashrif buyurdilar.
Prof. Ы.Toshpolotov fizika ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalariga “Rol nanotexnologiy v novoy realnosti” mavzusida, prof. D.Tursunov esa 2-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Asimptoticheskoe reshenie trex zonnoy bisingulyarnoy zadachi Dirixle” mavzusida ma’ruza qildilar. Mehmonlarning ilmiy ma’ruzalari doktorantlar, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalarda yangicha fikrlash, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada jonlantirishga turtki bo‘lganligi va bunday hamkorlik doimiy olib borilishi har tomonlama foydali bo‘lganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
O‘sh mamlakat universiteti vakillarida fakultetdagi “Mexanika”, “Molekulyar fizika”, “Elektr va magnetizm”, “Optika”, Atom va yadro fizikasi” va “Radioelektronika” laboratoriyalari faoliyati katta taassurot qoldirdi.
Amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlarimiz biz professor-o‘qtuvchilarning mas’uliyatini yanada oshiradi va o‘z ustimizda ko‘proq ishlashga chaqiradi deb, o‘ylayman. Fakultetimiz jamoasi hamkorlikdagi ishlarga munosib bo‘lish uchun barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solishga tayyor.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI