Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan CAMP 2 tanloviga bag'ishlangan seminar o'tkazildi
2023-11-02    679

Joriy yilning 2-noyabr kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida ECAMPUZ loyihasining universitetdagi koordinatori D.Nurmatov boshchiligida CAMP 2 tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar uchun seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda D.Nurmatov va N.Abdurazzaqovlar tomonidan ishtirokchilarga ECAMPUZ loyihasining maqsad va vazifalari, CAMP 2 bo‘yicha e’lon qilingan tanlov yuzasidan qo‘yilgan talablar hamda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha amaliy tushunchalar berildi.

Tanlovda oziq-ovqat sohasi yo‘nalishlarida tahsil oluvchi bakalavriat, magistratura hamda tayanch doktoranturaning 1-bosqich doktorantlari hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi.

Ma'lumot o'rnida, ECAMPUZ — O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasining har biridan 5 tadan jami 25 nafar talaba uchun Ispaniyaning Ekstremadura universitetida bo‘lib o‘tadigan 2 haftalik yozgi lager (CAMP 2).

Hujjatlar 2023-yilning 31-dekabr kuniga qadar ingliz tilida quyidagi havola orqali topshiriladi:
https:G‘G‘docs.google.comG‘formsG‘dG‘eG‘1FAIpQLSeSu5NCh86vSkPouWRqNuiJxYRct9129H-:Yx8PUxnTPYAz0AAG‘viewform

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.