Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning maxsus Farmoni va Qarori bilan Oʻzbekistonning keyingi 7 yilda mamlakat taraqqiyoti va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi.
Andijon davlat universitetida rektor tashabbusi bilan rahbar-xodimlar ishtirokida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ustuvor yoʻnalishlar va maqsadlarni oʻrganish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev strategiyaning maqsadi, mohiyati yuzasidan har bir yoʻnalishi boʻyicha birma-bir tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, oliygohimizda ushbu strategiyaning tegishli maqsadlarini ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan “ADU – 2030” strategiyasi taqdim qilindi. Taqdimot davomida ishtirokchilar fikr-mulohazalari va takliflari qabul qilinib, strategiyani amalga oshirishga masʼul komissiya aʼzolari shakllantirildi.
Yakunda barcha mas'ullar oʻz boʻlimlari va kafedralarida professor-oʻqituvchilar va xodimlarni “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi bilan tanishtirish va mohiyatini tushuntirish boʻyicha seminarlar tashkil etishlari belgilandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI