Bugun, 2-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida universitet Kengashining 2023/2024-o'quv yilidagi uchinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish avvalida universitet rektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qaror va buyruqlari o'qib eshittirildi va uning ijrosini ta'minlash, chora-tadbirlarni belgilash, berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.
Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Unda so'z olgan ma'ruzachilar tomonidan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish” va “Jinoyatchilikka qarshi kurashish”, har bir fakultetda olib borilgan yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni o‘rganish natijalari, Qoʻshma taʼlim dasturlarining qabuli hamda oʻquv jarayonini tashkil etish va Axborot texnologiyalari va kompyuter injeneringi fakultetida oʻquv jarayonining tashkil etilganligi va taʼlim sifati kabi masalalar ko'rib chiqildi.
Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI