Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida yangi xalqaro loyiha “DEBSEUz” start oldi!
2023-11-01    767

Yevropa ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida “Oliy ta’lim potentsialini oshirish” yo’nalishida 2023-yilda o’tkazilgan xalqaro tanlovda universitetimiz tomonidan milliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda taqdim etilgan “101128871 - DEBSEUz - ERASMUS-EDU-2023-CBHE. Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan” (O’zbekistonda Quyosh energiyasi bo’yicha bakalavrlar uchun maqsadli o’quv dasturini ishlab chiqish) mavzusidagi loyiha g’olib deb topildi.

Loyihaning bajarilish davrida, ya’ni 2023-2026-yillarda O’zbekiston tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Grantholder), Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Jizzax politexnika instituti, Farg’ona politexnika instituti, Andijon Davlat universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti, Berdaq nomidagi Qaraqalpoq Davlat universiteti hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishtirok etadilar.


Ushbu loyiha orqali Yevropa universitetlari tajribasiga tayangan holda bakalavr bosqichi uchun 12 ta yangi fan dasturlari yaratiladi va 7 ta O’zbekiston OTMlarida 1 tadan innovatsion laboratoriyalar tashkil etiladi. Shuningdek, yillik o’quv-ilmiy konferensiyalar o’tkaziladi hamda 69 nafar o’qituvchi-mutaxassislar Yevropadagi hamkor universitetlarda malaka oshiradilar.

Loyihaning asosiy maqsadi: O’zbekistonda “Quyosh energiyasi” yo’nalishida bakalavrlar tayorlash va mutaxassislarni kasbiy qayta tayyorlash bo’yicha innovatsion o’quv reja va dasturlarini ishlab chiqish.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.