Ayni kunlarda Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti dekani, dotsent Ravshanbek Shamsitdinov Karnegi Mellon Universitetining taklifiga binoan ilmiy safar bilan AQSHning Pitsburg shahrida bo'lib turibdi.
Ushbu oliygohda an’anaviy o'tkaziladigan “Ijtimoiy masalalar bo'yicha tadqiqotlar” mavzusidagi seminarining navbatdagi yig'ilishi O'zbekiston tarixiga bag'ishlandi va unda Ravshanbek Shamsitdinov “Katta qirg'inda qurbon bo'lgan o'zbekistonliklar (1937-1938-yillar)” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
Tashrif doirasida Andijon davlat universiteti va AQSHning Karnegi Mellon hamda Pitsburg oliygohlari o'rtasida akademik va ilmiy aloqlarni o'rnatish, hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum tuzish bo'yicha universitet vakillari o’rtasida muzokaralar olib borilib, joriy o'quv yilida hamkorlik shartnomalari imzolanishi ko'zda tutildi.
Ma'lumot o'rnida, AQShning Karnegi Mellon universiteti 1900-yili Andryuv Karnegi homiyligida tashkil topgan. Hozirda dunyo bo'yicha oliy o'quv yurtlarining QS reytinggida 57-o'rinni egallab turibdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI