Andijon Davlat
Universiteti
Respublikada o'tkazilgan seminar treningda ishtirok etgan tyutorlar tomonidan master-klass o'tkazildi
2023-10-31    640

Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan namunaviy seminar-treningda Andijon davlat universitetining ikki nafar tyutori faol ishtirok etib qaytdilar.

Bugun, 31-oktabr kuni universitetning kichik majlislar zalida seminar-treningda ishtirok etgan tyutorlar Zulayho Uzaqova hamda Feruzaxon Fayziyevalar boshchiligida ta'lim muassasamizda tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir dolzarb masalalar mohiyatini yoritib beruvchi kaskad usulida master-klass tashkil etildi.

Seminarda tyutorlar faoliyatida psixologik jarayonlarni o'rganish, talabalarni rag'batlantirish, axborot soatining mazmun-mohiyati va oila-mahalla-jamoat tashkilotlari hamkorligini tashkil etish, TTJ va Ijara xonadonlari bilan ishlash metodikalari bo'yicha master klass darslari olib borildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.