
Hozirgi kunda davlatimiz rahbarining doimiy eʼtibori va qoʼllab-quvvatlashi tufayli oliy taʼlim muassasalarida iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish, yosh kadrlarga malakali professor-oʼqituvchilarni biriktirish orqali “Ustoz-murabbiylar” anʼanasini davom ettirish kabi ustuvor vazifalar davlat siyosati darajasida olib borilmoqda.
Bugun, 30-oktabr kuni Andijon davlat universitetida “Ustoz-shogird” oyligi doirasida O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Andijon shahar Kengashi vakillari ishtirokida "Adolat olimlarga tayanadi" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Dastlab O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiya raisining o'rinbosari Malohatxon Musayeva partiya dasturidagi ustuvor vazifalar bilan tanishtirib o'tdi. Bunda "Adolatli kelajak quramiz" shiori ostidagi "Ijtimoiy davlat—2030" dasturi doirasida ilgari surilgan maqsad va vazifalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida ma'ruzachilar tomonidan adolatli jamiyat qurishda huquqning ustuvorligi, jamiyatda o'qituvchi maqomining yuksakligi va ta'lim sohasidagi islohotlar haqida fikrlar bildirildi hamda savol-javoblar o'tkazilib, takliflar tinglandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI