Tabiatni asrash, uni boyitish, jamiyatning obod boʻlishi, avvalo shu joydagi tabiatning va ekologiyaning sofligiga tayanadi. Muhtaram prezidentimiz tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy harakatining ilgari surilishi ham shular jumlasidandir.
Bugun, 26-oktabr kuni Xoʻjaobod tumanining Karnaychi qishlogʻidagi Andijon davlat universitetining yozgi oromgohida "Yashil makon" umummilliy aksiyasi doirasida unversitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida ommaviy ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiyada prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda 50 nafardan ziyod ko'ngilli yoshlar sport va sogʻlomlashtirish oromgohi hududida ikki ming tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar. Mazkur oromgohni yashil makonga aylantirish maqsadida barcha birdek faol ishtirok etdilar.
Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, tabiatga mehr va eʻtibor bersak, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uzTelefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI