
Bugun, 24-oktabr kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 4/22-23/10-01-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev universitetimizning raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi xodimlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda "Kiberxavfsizlik markazi" DUK tomonidan kibertahdidlarni aniqlash va oldini olish maqsadida axborot tizimlari foydalanuvchilariga tegishli bo'lgan ma'lumotlarning ochiq internet tarmog'iga sizdirilishi, ulardan keyinchalik axborot tizimlari resurslariga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olish masalasi muhokama etildi.
Uchrashuv davomida universitet rektori Axborot texnologiyalari bo'yicha prorektor M.Mahkamov boshchiligida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar e'tirof etilib, kiberjinoyat va tahdidlarni oldini olishga qaratilgan seminarlarni fakultetlarda tashkil etish chora-tadbirlari belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI