
Bugun, 24-oktabr kuni Andijon davlat universitetida muhtaram prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimligi vakili, ijtimoiy kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev hamda universitet rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida turizm yo’nalishi talabalariga uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muloqotda viloyat hokimligi vakili E.Xolmirzayev tomonidan Turizm yo'nalishining bitiruvchi talaba-yoshlarini sohaviy mutaxassisligi bo'yicha ish o'rin bilan ta'minlash, ichki turizmni rivojlantiradigan servis yaratish va ushbu sohaning to'la mutaxassisi bo'lishida xorijiy til sertifikatlariga ega bo'lishlik birlamchi vazifa ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida bitiruvchi talabalarning egallagan bilimlari, ko'nikmalari yuzasidan savol-javoblar o'tkazilib, soha rivojiga doir takliflar tinglandi va tegishli topshiriqlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI