Hozirgi kunda Andijon davlat universiteti xorijiy tashkilot va ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini juda yaxshi tizimli ravishda olib bormoqda. Bunday xamkorlikni universitet rahbariyati yaqindan qo‘llab quvvatlab kelmoqda. Universitetimizdagi yoshlarga yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ko‘plab xorijiy mutaxassis olimlar, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan elchilar tashrif buyumoqda.
25 aprel kuni Germaniyaning O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Gyunter Leo Overfeld Andijon davlat universitetga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad universitetda nemis tili o‘qitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, talabalarni til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi hamda universitet rahbariyati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi. Elchi janoblarini universitetning bosh binosi oldida o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori A.Sh.Mamatyusupov, nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri professor M.E.Umarxo‘jaev va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i F.Alimovlar kutib oldilar. Elchi janoblariga universitetning umumiy maketi, ta’siriy san’at ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan rasmlar ko‘rgazmasi, katta majlislar zali tanishtirildi.
Shundan so‘ng mehmonlar universitetning kichik majlislar zalida elchi janoblari va o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor, nemis tili o‘qituvchilari, nemis tili ta’lim yo‘nalishining 1-3 bosqich iqtidorli talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv jarayonida elchi janoblari yaqinda elchilikga tayinlanganligi, elchixona tomonidan nemis tilini o‘qitish bo‘yicha turli ta’lim grantlarini joriy etilgani bo‘yicha umumiy ma’lumot berdi. Uchrashuv to‘liq nemis tilida bo‘lib, unda elchi janoblariga talabalar, yosh ilmiy tadqiqotchilar va o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Nemis tili o‘qitish jarayoni ilmiy tadqiqot ishlar, universitetdagi nemis tili ta’lim yo‘nalishi talabalariga yaratilgan sharoitlar haqida suhbatlashildi.
So‘ng elchi janoblari universitet rektori prof. A.S.Yuldashev bilan uchrashdi. Uchrashuv jarayonida elchi janoblari akdemik, ilmiy, xalqaro hamkorlik qilish bo‘yicha Germaniya universitetlari bilan ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatishga yaqindan yordam berish, shu bilan birga Germaniyalik mutahassislarning ma’ruza va mahorat darslarini tashkil qilish bo‘yicha fikr almashildi. Shu bilan birga, universitetda nemis tili o‘qitish bo‘yicha istiqbolli rejalar, ilmiy yo‘nalishda Andijon davlat universiteti va Germaniya oliy ta’lim muassasalri o‘rtasida lug‘atshunoslik, elektron adabiyotlar yaratish bo‘yicha kelishib olindi. Prof. M.Umarxo‘jaev tashabbusi bilan xorijiy tillar fakultetida yaratilgan lingvistik terminologik inovatsion laboratoriya faoliyati haqida suhbatlashilib, u yerga yaqin kunlarda Germaniyalik mutaxassislarni olib kelish bo‘yicha takliflar berildi. Mazkur innovatsion labaratoriya faoliyatini takomillashtirish zamirida nemis tilidagi yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Nemis tili mutaxassislarini Andijon davlat universitetiga taklif qilishda universitet rahbariyatining imkoniyatlari haqida suhbatlashildi. Buning asosida Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha elchi janoblari tashabussi bilan yaqin kunlarda Germaniya DAAD tashkiloti vakillarining universitetga kelishlari hamda sohalardan kelib chiqqan holda o‘quv kurslarini tashkil etishga shaxsan elchi janoblari va’da berdi. Kelgusi 2018-2019 o‘quv yilida Germaniyaning Braunshvayg texnika universiteti hamda Leypsig universitetlariga nemis tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘yicha magistraturaga yuborish bo‘yicha fikr almashildi. Talabalarni tanlashga nemis tili kafedrasi ma’sul etil tayinlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI