Andijon Davlat
Universiteti
“Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari” mavzusidagi xalqaro forum bo'lib o'tdi
2023-10-23    672

Bugun, 23-oktabr kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda Yoshlar ishlari Agentligi hamkorligida “Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari” mavzusidagi xalqaro forum o'tkazildi.

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Volker Turk, xalqaro ekspert Damir Tuzmuxammedov va Geneva, Tojikiston, Qirg'iziston kabi davlatlardan vakillar ishtirok etdi.

 

Forum doirasida ma'ruzachilar tomonidan kun tartibiga qo'yilgan "Yoshlar va global chaqiriqlar: barqarorlik va tinchlikni qo‘llab-quvvatlash", "Yoshlar huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishning xalqaro, mintaqaviy va milliy vositalari va mexanizmlari" va "Yoshlar maslahatlashuvi: xalqaro miqyosda yoshlar huquqlarini ilgari surish istiqbollari" mavzularida ma'ruzalar tinglandi va yakunda sohaga oid savol-javoblar tashkil etildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.