Andijon Davlat
Universiteti
Universitet pedagog xodimlariga "Sifatli ta'lim — kelajak poydevori" mavzusida uchrashuv o'tkazildi
2023-10-21    659

Bugun, 21-oktabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonov boshchiligida "Sifatli ta'lim — kelajak poydevori" mavzusida tanqidiy-tahliliy ruhda uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuvda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, dekan o’rinbosarlari hamda 300 nafardan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.

Dastlab prorektor Rustamjon Mullajonov tomonidan dars mashg'ulotlarini sifatli o'tkazishda zamonaviy texnologiyalar va metodlardan foydalanish, talabalarni mustaqil ta'lim jarayonida to'g'ri yo'naltirish va kredit modul tizimi qulayliklari haqida amaliy tushunchalar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida dars mashg'ulotlarini o'zlashtirishda o'qituvchi va talaba munosabati, ta'lim tizimida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik va ushbu holatni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar masalasi muhokama qilindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.