
Bugun, 20-oktabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida prorektor, dekan va professor-o'qituvchilar hamda Matematika fakulteti 1-bosqich talabalari ota-onalari ishtirokida kongress o'tkazildi.
Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor X.Xodjamberdiyev tomonidan taʼlim muassasasidagi oʻzgarishlar, talaba-yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar, odob-axloq kodeksi, universitet ichki tartib qoidalari, talabalar yotoqxonalaridagi shart-sharoitlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Shundan so'ng iqtidorli talabalar tomonidan til bayrami munosabati bilan ota-onalar kayfiyatini ko'tarish maqsadida kuy-qo'shiqlar, she'rlar va raqslar ijro etildi.
Uchrashuv so’nggida fakultet rahbariyati tomonidan talabalarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi turli huquqbuzarlik va korrupsion holatlarni oldini olishda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash lozimligi alohida taʻkidlanib, ota-onalarning ham fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI