Andijon Davlat
Universiteti
"Milliy qadriyatlarimizning so'nmas bulog'i" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
2023-10-20    629

Bugun, 20-oktabr kuni Andijon davlat universitetida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan "Milliy qadriyatlarimizning so'nmas bulog'i" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

 

Tantanali tadbir universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashevning kirish so'zlari bilan boshlandi. Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan milliy kuy-qo'shiq va raqslar, ona tilimizni madh etuvchi she'rlar ijro etildi.

 

Tadbir davomida professor-o'qituvchilar so'z olib, dunyoda har bir xalqning o'z tili uning bebaho boyligi, iftixori ekani, ajdodlarimiz buyuk madaniyat namunalarini, ulkan kashfiyotlar, badiiy durdonalarni ham aynan shu tilda yaratganini ta'kidlab o'tdilar.

 

Tadbir so'nggida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar universitet rahbariyatining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.