Andijon Davlat
Universiteti
Universitet talabalari o'rtasida fakultetlararo "Rektor kubogi" uchun QVZ ko'rik-tanlovi o'tkazildi
2023-10-18    748

Talaba-yoshlarning quvnoqligi, zukkoligi, kreativ fikrlash qobilyatini hamda universitet QVZ klubi faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida bugun, 18-oktabr kuni Andijon davlat universitetida fakultetlararo talabalar o'rtasida "Rektor kubogi" uchun "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovda jami 5 ta jamoa 50 nafar talaba-yoshlar 2 ta shart asosida o'zaro bellashib, quyidagi natijalarni qo'lga kiritdi:


1-o'rin Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining "Iqtisod" jamoasi;
2-o'rin Tarix fakultetining "Oligarxlar" jamoasi;
3-o'rin Jismoniy madaniyat fakultet talabalarining "Olimpic" jamoasi egalladi.


Tanlov g'oliblari 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bo'lib o'tadigan tantanali tadbirda universitet rahbariyatining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.