Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ta'lim muassasalari rahbarlari bilan o'tkazilgan uchrashuvda bitiruvchi talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, mutaxassisligidan kelib chiqib ish o'rinlari yaratish muhim vazifa etib belgilangan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun, 14-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Andijon viloyat boshqarmasi, Andijon davlat universiteti hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash masalasiga bag'ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari, maktab va maktabgacha ta'lim tuman bo'limlari mas'ullari, universitet rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari va dekan o'rinbosarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda joriy o'quv yilida universitetni tamomlagan, hozirda ishsiz 18 nafar talabaning bandligini ta'minlash maqsadida yuqorida keltirilgan ta'lim muassasalarining mas'ullari hamkorligida mehnat shartnomasini tuzishga kelishib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI