O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini bilmagan, loaqal u yozgan she’rlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz yo‘q bo‘lsa kerak.Samimiy she’rlari ohangrabo qo‘shiqlarga aylanib, har bir o‘zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir Muhammad Yusuf XXI asr o‘zbek adabiyotida va she’riyatida so‘nmas yulduz bo‘lib har bir dillarda porlaydi. Oddiy tuproqdan barcha foydalana oladigan, biroq mukammal mahsulotlar yarata oladigan kulol – mohir ustadir. Muhammad Yusuf ham ana shunday ko‘ngil kuloli edi. U uzining sodda, xalk tilida yezgan she’rlari bilan buyuklik suratini chizgan shoirdir. Agar bu iste’dod sohibi hayot bo‘lganida bu yil 64 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi.
Shoir o‘z ona vataniga, tabiatga va insoniyatga bo‘lgan iliq hissini o‘zining yuraklarni larzaga soluvchi, garchand sodda tilda yozilgan bo‘lsa-da odamni chuqur o‘yga chorlovchi she’rlari bilan o‘quvchi qalbida o‘chmas iz qoldirgan. Shoir tavallud kuni munosabati bilan Andijon davlat universitetining pedagogika fakultetida “Shoirning jasorati” nomli ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi. Badiiy kechani Surmaxon Ismoilova o‘zi ustozlik kiladigan BTSTI yo‘nalishining 203-guruh talabalari bilan birgalikda tayyorladi. Tadbirni tashkil etishda yoshlar ittifoqi pedagogika fakultetining yetakchisi Ilhomjon Boltaboevning hissasi katta bo‘ldi.
Tadbirni pedagogika fakulteti dekani Charosxon Shokirova shoirning dilgir, eng guzal she’rlarini talkin etib, ochib berdi.
Sung Andijon yoshlari gazetasining bosh muxarriri Ma’murjon Saidxonov Muhammad Yusufning ijodiy faoliyati va sheriyati xususida ma’ruza kildi .
Notiq o‘z so‘zida milliy adabiyotimizning yorqin namoyondasi bo‘lgan M.Yusuf o‘zining sodda va xalqchil ijodi bilan barchamizga ona yurtimizning betakror jamolini ko‘rsata oldi, barchamizni vatanparvarlikka chaqirganligini ta’kidlab o‘tdi. M.Saidxonov shoirning bizlarga ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlarni keltirib o‘tdi va shaxsan ko‘rishib, suhbatlashgan chog‘idagi qiziq voqealarni omma bilan o‘rtoqlashdi. Andijon yoshlari gazetasining jurnalisti Odiljon Karimov shoir xakida juda mazmunli fikrli bildirdi va tadbir tashkilotchilariga tashakkur bildirdi.
Tadbirda so‘z olgan BMTM kafedrasi katta o‘qituvchilari Tohirjon G‘aniev va Ikromjon Ergashevlar Muhammad Yusufning bolalar uchun sodda va yod olish uchun oson bo‘lgan ijodi namunalaridan boshlang‘ich sinflarda foydalanish masalalari xususida to‘htalib o‘tdilar. Mazkur kafedra mudiri Foziljon Kiyikboev zamonaviy pedagogikada M.Yusuf ijodining yoshlarni vatarparvarlik ruhida tarbiyalashda asosiy qo‘llanma vazifalardan biri ekanligini tilga oldi. Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha fakultet dekani o‘rinbosari Baxtiyorjon Xaqberdiev o‘zining samimiy so‘zlari bilan M.Yusufni yana bir bor yod etdi.
“Shoirning jasorati” nomli ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirga pedagogika fakulteti talabalari sevimli shoirimiz haqida juda qiziqarli ma’lumotlar berishdi. Jumladan, fakultetning faol talabasi Dilorom Ismanova shoirning “Qora quyosh” dostonidagi misralarda qatog‘on yillari dahshatlari naqadar haqqoniy va achinarli tarzda yoritilganligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Har bir muhim sanani bee’tibor o‘tkazmaydigan pedagogika fakulteti talabalarining “Shoirning jasorati” nomli tadbirida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ADU BT yetakchisi Elyorbek Xolmirzaev so‘z oldi va fakultet talabalari har bir jabhada ilg‘orlik qilayotganligi, yoshlar ittifoqi tomonidan universitetda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘htalib o‘tdi.
“Shoirning jasorati” nomli ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirining asosiy qismi - pedagogika fakulteti talabalari tomonidan Muhammad Yusuf hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlab tayyorlangan badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturi barchada katta taassurot qoldirdi. Ular tomonidan o‘qilgan she’rlar, Andijonimizda ochilgan shoir Muhammad Yusuf nomidagi maktabdan tayyorlangan videolavha, kuylagan qo‘shiqlar va ijro etgan raqslar, shoirning chaqaloqligidan tortib to umrining so‘nggi nafasigacha bo‘lgan hayot yo‘li aks etgan sahna ko‘rinishlari yurakdan, uyushqoqlik bilan tayyorlanganligi yaqqol sezildi.
Tadbir ishtirokchilar M.Yusufning she’rlarini maroq bilan tingladilar.
O‘zbek xalqining suyukli shoir yodga oligan “Shoirning jasorati” nomli ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbiri yakunida “Andijon yoshlari” gazetasining “Davr va yoshlar” loyihasi asosida keltirilgan badiiy kitoblar fakultetning jamaot ishlarida faol va kitobsevar talabalariga taqdim etildi. Yosh avlodni ma’naviy kamolotiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qilgan mazkur tadbirning tayyorlagan 203-guruh rahbari Surmaxon Ismoilova va faol ishtirokchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ADU BTning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Eng asosiysi esa, “Shoirning jasorati” nomli ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir har bir ishtirokchiga she’r zavqini bahshida etdi, yuzlab yoshlar qalbida yana bir bor adabiyotga mehr uyg‘otdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI