Andijon Davlat
Universiteti
Universitet talaba-yoshlarining bo'sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda
2023-10-13    687

Bugun, 13-oktabr kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov tashabbusi bilan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tanlov va konsert dasturi o'tkazildi.

Tadbirda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, "Eng yaxshi qavat", "Eng ozoda xona" nominatsiyalari hamda pazandachilik yo'nalishlari bo'yicha o'zaro bellashdilar.

Tanlov so'nggida talaba-yoshlar uchun konsert dasturi tashkil etildi. Dastur davomida g'oliblar fakultet rahbariyatining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandi. O'tkazilgan tadbirlar barcha talabalarga birdek manzur bo'ldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.