Andijon Davlat
Universiteti
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining fakultetlararo bosqichi o‘tkazildi
2023-10-13    661

Andijon davlat universitetida talaba-yoshlarning teatrga bo'lgan muhabbatini oshirish, ma’naviy kamolotga yo‘naltirish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi o‘tkazildi.

 

Bugun, 13-oktabr kuni universitetning katta majlislar zalida 8 ta jamoa o'rtasida tanlovning fakultetlararo bosqichi bo’lib o’tdi.


Tanlovda jamoalar o`zaro belgilangan shartlar bo'yicha bellashdilar va quyidagi natijalarda g'oliblikni qo'lga kiritdilar:


“Eng yaxshi spektakl” — Tarix fakultetining "Humo" talabalar teatr jamoasi;
“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” — Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining "Teatr" jamoasi;
“Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” — Filologiya fakultetining "Teatr" jamoasi;
“Eng yaxshi erkak roli" uchun — Pedagogika va san'atshunoslik fakulteti talabasi Ibrohimov Murodillo;
“Eng yaxshi ayol roli" uchun — Matematika fakulteti talabasi Saidxonova Sarvinoz.

 

Tanlov yakunida g'olib jamoa hamda eng yaxshi erkak va ayol roli nominatsiyasi g'oliblari bazaviy hisoblashning bir baravar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.