Bugun, 12-oktabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon viloyat ma'naviyat va ma'rifat kengashi, Respublika ma'naviyat markazi viloyat bo'limi tashabbusi hamda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida "Ma'naviyat va ma'rifat" forumi bo'lib o'tdi.
Tantanali tadbir avvalida O'zbekiston respublikasining davlat madhiyasi yangradi va Andijon viloyati hokimi o'rinbosari Gulnora Abdullayeva tomonidan viloyat hokimining tabrigi o'qib eshittirildi.
Forum doirasida yosh avlodni tarbiyalashdek ma'suliyatli, mashaqqatli, ta'lim sohasidagi samarali faoliyati uchun bir qancha ma'naviyat targ'ibotchilari, xususan, Andijon davlat universitetining professor-o'qituvchilari ham munosib taqdirlanib, ko'krak nishoni bilan mukofotlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI