Bugun, 12-oktabr kuni Andijon davlat universitetida "Yarimo'tkazgichli opto va nano-elektronika, muqobil energiya manbalari hamda ularning istiqbollari" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Unda Belgiya, Litva, Rossiya, Pokiston, Tojikiston, Qirg'iziston davlatlarining nufuzli universitetlaridan professorlar, respublikamizning yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan olimlar hamda universitetimiz professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, magistrlar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab, anjumanni ochib berish uchun Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev so'zga chiqib, bu kabi anjumanlar tashkil etilishi o'z navbatida ta'lim sohasini yanada rivojlanishiga yo'l ochib berishi to'g'risida gapirib o'tdi.
Anjumanda ma'ruzachilar tomonidan kun tartibiga qo'yilgan “Yarimoʻtkazgichlar fizikasining fundamental va amaliy muammolari”, “Yarimoʻtkazgichli opto va nanoelektronika muammolari va istiqbollari”, “Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish” va “Yarimoʻtkazgichli fotovoltaikaning tadqiqiy va amaliy masalalari” mavzularida maʼruzalar tinglandi va yakunda yigʻilganlar tomonidan savol-javoblar tashkil etildi.
Ushbu anjuman professor-o'qituvchilarda, soha mutaxassislarida va magistrant talabalarda katta taassurot qoldirib, tashrif buyuruvchilar uchun foydali ma'lumotlar almashinuvi bo'ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI