Andijon Davlat
Universiteti
"Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan kechki konsert dasturi o'tkazildi
2023-10-11    639

Bugun, 11-oktabr— "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Andijon davlat universitetining ikkinchi talabalar turar joyida "Qizlar — millat tayanchi" shiori ostida talaba-qizlar uchun kechki konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert dasturi Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi hamkorligida tashkil etildi. Unda ijodkor talaba-yoshlar sho'x kuy-qo'shiqlar ijro etib, yoshlarimizga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Ta’lim tizimida bu kabi madaniy tadbirlarning tashkil etilishi, nafaqat talaba-yoshlarning san’atga bo'lgan mehrini oshirishda, shuningdek, milliy-ma’naviy ruhda tarbiyalashda ham muhim o'rin tutadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.