Andijon Davlat
Universiteti
“Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida "Pazanda qiz" ko'rik-tanlovi o'tkazildi
2023-10-11    968

Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, pazandalik sirlarini o'rgatish maqsadida "Pazanda qiz" ko'rik-tanlovi tashkil etildi.

 

Bugun, 11-oktabr — "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan “Qizlar – millat tayanchi” shoiri ostida Andijon davlat universitetining talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar o'rtasida "Pazanda qiz" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

 

Tanlov doirasida talaba-qizlar xamir yoyib, somsa, o'zbek milliy taomlari va turli shirinliklar, salatlar tayyorlab, o'z mahoratlarini namoyish qildilar.

 

Tanlov yakunida g'oliblar universitet ma'muriyati tomonidan kechki konsert dasturida pul mukofoti, jumladan, 1-o'rin 1,5 mln, 2-o'rin 1 mln, 3-o'rin 500 ming so'mlik vaucherlar hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.