Andijon Davlat
Universiteti
Universitet talaba-qizlari o'rtasida "Zakovat" intelektual o'yini bo'lib o'tdi
2023-10-11    676

Bugun, 11-oktabr — Xalqaro qizlar munosabati bilan Andijon davlat universitetida talaba-qizlarning egallagan bilimlarini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash  maqsadida "Zakovat intelektual o'yini o'tkazildi.


Tashkil etilgan turnirda 9 ta jamoadan 60 nafar talaba-yoshlar o’zlarining bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Qizg'in va murosasiz o'tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rin Tarix fakultetining "Tarix" jamoasi;
2-o'rin Tabiiy fanlar fakultetining "Progres" jamoasi;
3-o'rin Matematika fakultetining "Kosmos" jamoasi.


Turnir yakunida g'olib jamoalar universitet ma'muriyatining pul mukofoti jumladan, 1-o'rin 3 mln so'm, 2-o'rin 2 mln so'm, 3-o'rin 1 mln so'm miqdorida hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.