Xabaringiz bor, Tarix fakulteti dekani Ravshanbek Shamsitdinov tashabbusi bilan shu kunlarda AQSHning nufuzli Arizona universiteti professori janob Keyt Braun universitetimizning tarix fakultetida boʻlib turibdi.
Professor K.Braun ikkinchi kuni tarix fakultetining birinchi bosqich talabalariga Jahon tarixi fanidan "AQSH harbiy sanoatini Usmon imperiyasiga qurol-yaroq yetkazib berish" mavzusida maʼruza mashg'ulotlarini olib bordi.
Professor Keyt Braun maʼruzasi tarixchi talabalarda katta qiziqish uygʻotdi va ko'plab maʼlumotlarga ega boʻlish bilan birgalikda, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo'ldilar. Ushbu hamkorlik taʼlim tizimining yanada rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda. Zero, hamkorlik taraqqiyot omilidir.
Maʼlumot uchun, 2022-2023-oʻquv yilida Tarix fakultetiga Buyuk Britaniyaning Liverpul, Oksford, Rossiyaning Tomsk davlat universitetlaridan olimlar tashrif buyrib, Oʻzbekiston tarixi va jahon tarixining turli mavzularida talabalarga maʼruzalar oʻqidi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI