Andijon Davlat
Universiteti
TEATR STUDIYALARI BELLASHDI
2018-04-25    4835

Andijon davlat universitetida “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida “Yoshlar festivallari” doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari teatr studiyalari o‘rtasida Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Festivalning saralash bosqichini Andijon davlat universitetining ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov ochib, Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018 yil 8 fevraldagi 3 va 4-sonli bayonnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 fevraldagi 160-sonli buyrug‘i hamda 2018 yil 9 martdagi 87-02-549-sonli modemnomasining mazmun mohiyati va maqsadlari, festivalni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom haqida aytib, uning bosh maqsadi barkamol avlodni  tarbiyalab voyaga yetkazish, talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Boshlovchilar jamoalarni sahnaga taklif etdi va hakamlar hay’ati a’zolari bilan tanishtirdi.

  1. Andijon viloyat Yozuvchilar uyushmasi a’zosi D. Qo‘ldashev – rais.
  2. Andijon viloyati musiqali drama teatri aktyori Q.Shokirov - a’zo.
  3. Andijon san’at kolleji Aktyorlik san’ati fani o‘qituvchisi K.Qosimov - a’zo.
  4. Andijon viloyati “Xolis” gazetasi muxbiri Vosit Ahmad - a’zo.

Qur’a tashlash yo‘li bilan jamoalarning chiqish ketma-ketligi belgilandi. Unga ko‘ra Andijon davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” talabalar teatr studiyasi birinchi, Andijon davlat universitetining “Humo” talabalar teatr studiyasi ikkinchi, Andijon mashinasozlik institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi uchinchi va Andijon qishloq xo‘jaligi institutining “Vorislar” talabalar teatr studiyasi jamoasi to‘rtinchi.

Festivalda Andijon davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” talabalar teatr studiyasi jamoasi Mansur qalamiga mansub “Xiyonat” nomli, Andijon davlat universitetining “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi M.Mirzaev sahnalashtirgan, N.Qobilov qalamiga mansub “To‘da” nomli, Andijon mashinasozlik institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi O.Odilov qalamiga mansub , O.Odilov sahnalashtirgan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” nomli, Andijon qishloq xo‘jaligi institutining “Vorislar” talabalar teatr studiyasi jamoasi esa M.Bozorboev sahnalashtirgan “Qabohat girdobida” nomli sahna asarlarini namoyish etdilar.

Tanaffus paytlarida Andijon davlat universitetining “ Humo” dastasi va boshqa OTM talabalari ishtirokida sho‘x qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning yutuq va kamchiliklariga xolisona baho berildi.

Festival natijasiga ko‘ra jamoalar quyidagicha o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:

  1. Andijon qishloq xo‘jaligi institutining “Vorislar” talabalar teatr studiyasi 1-o‘rin.
  2. Andijon davlat universitetining “Humo” talabalar teatr studiyasi   2- o‘rin.
  3. Andijon davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” talabalar teatr studiyasi 3- o‘rin.
  4. Andijon mashinasozlik institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi 4-o‘rin.

Festivalning 2-saralash bosqichida g‘olib chiqqan Andijon qishloq xo‘jaligi institutining “Vorislar” talabalar teatr studiyasi keyingi mintaqaviy bosqichda qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

Festival yakunida hakamlar hay’ati tomonidan Andijon qishloq xo‘jaligi institutining “Vorislar” talabalar teatr studiyasi  I-darajali, Andijon davlat universitetining “Humo” talabalar teatr studiyasi II-darajali, Andijon davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” talabalar teatr studiyasi III-darajali diplom, Andijon mashinasozlik institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi faol ishtiroki uchun faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Akramjon YULDASHEV
Rektor
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.