Joriy yilning 3-4-oktabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi delegatsiya “Oliy taʼlim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi ishtirok etish uchun Qirgʻiziston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari tantanali kutib olinib, Botirali Siddiqov nomidagi Qirg’iziston-O’zbekiston xalqaro universitetining faoliyati bilan yaqindan tanishtirilgach, kunning ikkinchi qismida “Sulaymon tog’ muzeyi”ga tashrif uyushtirildi.
Anjumanning rasmiy kuni 4-oktabt sanasida bo'lib o'tdi. Bunda respublikamiz oliy ta'lim muassasalari o'rtasida 58 dan ortiq qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish ko'zda tutilgan memorandumlar imzolandi.
Anjuman doirasida respublikamiz oliy ta'lim muassasalari o'rtasida 58 dan ortiq qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish ko'zda tutilgan memorandumlar imzolandi.
Yalpi majlisda Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Sultanmuradovich Yuldashev ham o'z ma'ruzasi bilan nutq so'zladi.
Jumladan, Andijon davlat universiteti hamda 6 ta oliy ta'lim muassasalari o'rtasida xalqaro hamkorlik shartnomasi imzolanib, unda akademik almashinuvni tashkil etish, o‘quv va ma’lumotnoma adabiyotlarini o‘zlashtirishda, yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish hamda tarqatishda o‘zaro yordam ko‘rsatish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish kabi masalalar nazarda tutildi.
Rasmiy tashrif doirasidagi ko'zda tutilgan maqsadlarga yo'nalgan ushbu memorandumlar imzolangach, xalqaro forum o'z nihoyasiga yetdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI