Andijon Davlat
Universiteti
Taniqli olim va ijodkor Abdumannob Egamberdiyevning 95 yilligi munosabati bilan anjuman o'tkazildi
2023-10-07    1025

Xotirlash olamdan o'tgan ajdodlarni shunchaki eslashgina emas, balki avlodlar o'rtasidagi vorisiylik tuyg'usini anglash demakdir.

 

Bugun, 7-oktabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida iqtisodiyot fanlari doktori, professor, shoir va yozuvchi Abdumannob Egamberdiyevning 95 yilligi munosabati bilan hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan anjuman bo'lib o'tdi.

 

Unda Andijon viloyati hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, tarixchi olimlar, respublikadagi yetakchi oliy ta'lim muassasalarining professorlari, olimning yaqinlari, universitet professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tantanali anjumanda viloyat hokimligi vakili, ijtimoiy kotibyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev Andijon viloyati hokimining tabrigini o'qib eshittirib, professorning faoliyati, jumladan, Andijon davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet) rektori, viloyat partiya qoʻmitasining kotibi, Oʻrta Osiyo Qishloq xoʻjaligi akademiyasi vitse-prezidenti kabi lavozimlarda ishlagani haqida so'zladi.

Professorning hayot yo'li va universitetdagi faoliyati haqida Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev fikr bildirar ekan, uning bizga tanish va yuksak mahorat ila yozilgan kitoblaridan tashqari hali chop etilmagan yana bir qator asarlari borligi va bu asarlarning qiymati bebaholigini ta'kidladi.

  

Shuningdek, arxeolog, tarixchi olim, professor Temur Shirinov uzoq o'tmish voqealari tasvirlangan tarixiy romanda Vatanni asrash, himoya qilish g'oyalarini badiiy tafakkur orqali yetkazishga bel bog'lagan adibning tarixiy faktlarni qo'llashdagi yuksak badiiy mahoratini e'tirof etdi.

Tadbir davomida professorning hayoti yo'li yaqinlari nutqida xotirlandi va sahna ko'rinishlari namoyish etilib, talaba kitobxonlar tomonidan shoirning she'rlaridan bir necha parchalar o'qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.