Bugun, 6-oktabr kuni Andijon davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi boshchiligida Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i hamda ijtimoiy faol qizlar ishtirokida "Qizlarjon” klubi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yangi o'quv yilidagi ilk hay'at yigʻilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Xotin-qizlar kengashi raisi taklifi bilan talaba-qizlar orasidan klub sardorlari va bir qator yo'nalishlar bo'yicha mas'ullar saylandi. Bunda:
"Qizlarjon" klubi sardorligiga– Muhlisa Mashrapova;
Uzluksiz ta'lim va tarbiya targ'iboti bo'yicha – Nasiba Ibrohimova;
Ijtimoiy faollikni oshirish bo'yicha – Zulxumor Xotamova;
Sog'lom turmush tarzini targ'ib etish bo'yicha – Gulruh Zulunova;
Ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish bo'yicha – Durdona Hojimatova hamda Robiya Shuhratovalar tayinlandi.
Uchrashuv so'nggida rahbariyat tomonidan yo'nalish mas'ullariga guvohnomalar tantanali topshirildi va klub ishini samarali tashkil etish maqsadida tizimli ishlarni yo'lga qo'yish vazifalari kelishib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI