Ma'lumki, O’zbekiston respublikasi Bosh prokurorining "O’zbekistonda qatag’on qilingan prokuratura xodimlari haqida bor haqiqatni ro’yobga chiqarish to'g'risida"gi 40-F sonli farmoni bilan respublika ishchi guruhi tashkil etilgan.
Kuni kecha ushbu topshiriqni ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat prokurori Ma'rufxon Maksudovich boshchiligida ishchi guruh Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori, professor Rustambek Shamsutdinov hamda viloyat prokurori so‘zga chiqib, Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi yo‘lida mardona kurash olib borgan prokuratura xodimlari hayotini o’rganish va abadiylashtirish bo’yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Tashrif so’nggida, ishchi guruh a'zolari ishtirokida O‘zbekiston SSR oliy sudining prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, Andijon farzandi Shamsiddin Badriddinovning avlodlari holidan xabar olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI