Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda “Muallim – qalb me’mori” nomli tantanali tadbir o’tkazildi
2023-09-30    863

Xabaringiz bor, 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan respublikamizning barcha taʼlim muassasalarida jumladan Andijon davlat universitetida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Bugun, 30-sentabr kuni universitetimizning Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti rahbariyati tomonidan 1-oktyabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan “Muallim – qalb me’mori” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar ijrosidagi shoʻx taronalar, ustozlar nomiga go'zal sheʼrlar, oʻziga xos sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilariga birdek manzur keldi.

Tadbir yakunida fakultetning professor-o'qituvchilari, jonkuyar ustozlarining fidokorona mehnatlari e'tirof etildi va ularga fakultet dekanining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.