Andijon Davlat
Universiteti
O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan bayram tadbirlari fakultetlarda keng nishonlanmoqda
2023-09-30    695

Bugun, 30-sentabr kuni Andijon davlat universitetining Tarix fakultetida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda fakultet dekani R.Shamsitdinov barcha ustozlarni bayram bilan qutlab, dastlabki bilimlarni bergan maktabdagi ilk oʻqituvchilari, universitetdagi ustozlarini xotirladi.

Tadbir talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy sahna koʻrinishlar bilan fayzli oʻtdi. Shuningdek, 2022-2023-oʻquv yilida ilmiy-maʼnaviy yutuqlarga erishgan muallimlar eʼtirof etilib, bir guruh professor-oʻqituvchilarga universitetimiz rektorining tashakkurnomalari oʻqib eshittirildi.

Tadbir so'nggida fakultet rahbariyati tomonidan professor-o’qituvchilarning mashaqqatli mehnatlari e’tirof etilib, ularga qimmatbaho sovg'alar hamda tashakkurnomalar tantanali topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.