Bugun, 29-sentabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida universitet Kengashining 2023/2024-o'quv yilidagi ikkinchi sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish avvalida rektor A.Yuldashev O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qaror va buyruqlarini o'qib eshittirdi va uning ijrosini ta'minlash, berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.
Shundan so'ng, ma'ruzachilar tomonidan kun tartibidagi yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish va nazorat qilish, professor-o'qituvchilar tomonidan hemis platformasiga elektron o'quv materiallarni joylashtirish holati bo'yicha hisobotlar tinglandi.
Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha kelgusida qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI