Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi
2023-09-27    533

Bugun, 27-sentabr kuni Andijon davlat universitetida kimyo fanlari doktori, professor Ibrohim Asqarov ishtirokida “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun” shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor X.Xodjamberdiyev o'zining iliq fikrlari bilan ochib berdi hamda universitetimiz rektori tomonidan berilgan tashakkurnomani professor Ibrohim Asqarovga tantanali tarzda topshirdi.

Tadbirda professor hayot yo'llari haqida so'z yuritar ekan, qiziq o'tmishi, talabalikning bebaho xotiralari hamda faoliyati davomida yozilgan kitoblari haqida so'zlab berdi.

Uchrashuv davomida qaharomonimiz ilm yo'lini tanlagan talaba-yoshlarga bilim olishlarida ta’lim tizimida yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr yuritar ekan, bunday imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanib kelajakda mukammal bilim olishga, kitob o'qishga, chorladi.

Muloqot ochiq, samimiy va savol-javoblarga boy bo‘lish bilan birga talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.