Bugun, 26-sentabr kuni Andijon davlat universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy shoʻbasi hamda Andijon viloyati IIB kiberxavfsizlik boʻlimi masʼul xodimlari hamkorligida “Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi mutaxassislari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga kelayotgan turli “Davlat tomonidan pul ajratilmoqda” kabi har xil aksiyalar va shu mazmundagi xabarlarning havolalariga (link, silka) kirmasliklari tavsiya etilib, O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Uchrashuvda: "Axborot xavfsizligi tasodifiy va atayin qilingan hujumlardan himoyalanish bo'lib, unga faqat tizimli va kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin." — deydi, kiberjinoyat bo'limi mutaxassisi Saidakbar Muhammadyusupov.
Talabalar tadbir davomida kiberjinoyat va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan attoflicha javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI