Bugun, 25-sentabr kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev tyutorlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, kelgusi ishlarni belgilab berish maqsadida universitetda faoliyat olib borayotgan tyutorlar bilan samimiy uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda universitet rektori har bir tyutorga alohida e'tibor qaratib, shaxsiy rejada amalga oshirilayotgan ishlarini tahlil qildi va tyutorlik faoliyatini eng samarali usulda, tartib bilan amalga oshirish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi. Shuningdek, ularning fakultetlarda olib borayotgan faolliklari va erishgan yutuqlari e'tirof etildi.
Bo'lib o'tgan samimiy muloqotda tyutorlarning ish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muammolar va kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, ularning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va kelgusi istiqbolidagi rejalari belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI