Bugun, 22-sentabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatining Mintaqaviy vakili tashabbusi bilan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va gender tengligi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Unda Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha (ombudsmanning) Andijon viloyatining Mintaqaviy vakili G.Abduvohidova, viloyat ma'muriy sudi sudyasi B.Abdunazarov, universitet prorektori M.Maxkamov, katta yuriskonsult M.Sodiqova, pedagog xodimlar va talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan sud tizimida gender tengligini ta'minlash masalasi keng yoritildi. Hozirda sud tizimida ayollar soni 14% ni tashkil etilganligi va bu ko'rsatkich 30%ga yetkazilishi ta'kidlab o'tildi.
Uchrashuv so'nggida qatnashchilar huquqiy masalalar yuzasidan o'zlarining qiziqtirgan savollariga soha vakillaridan atroflicha javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI