Bugungi kunda jamiyatni diniy aqidaparastlik g‘oyalari zararlaridan saqlash uchun fuqarolar ongida maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning o‘rni yuqori.
Shu maqsadda bugun, 19-sentabr kuni Andijon davlat universitetida Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida ekstremizm va terrorizm missionerlik g’oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy-targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Unda Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov, Andijon viloyati hokimining o’rinbosari Rahmatillo Arziyev, viloyat IIB boshqarmasi vakillari, universitet rektori boshchiligida prorektorlar, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda ma'ruzachilar yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, buyuk ajdodlarimiz hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi, millatlararo totuvlik g'oyalari, tinchlik ulug' ne'mat ekanligi, har inson O'zbekiston kelajagi uchun o'z hissasini qo'shish kerakligi haqida so'z yuritdilar.
Uchrashuv so’nggida tadbir ishtirokchilariga mavzuga oid bo’lgan kinofilm namoyish etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI