Andijon Davlat
Universiteti
Rektor CAMP-1 o'quv seminarda ishtirok etishi belgilangan talabalar bilan uchrashdi
2023-09-16    494

Joriy yilning 18-30-sentabr kunlari "ECAMPUZ — European World Talent Camp for Uzbekistan Sciyentists in Food Sciyence and Technology" loyiha doirasida respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalaridan 26 nafar talabalar uchun ikki haftalik trening (CAMP-1) o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli treningda Andijon davlat universitetining 5 nafar talabasi ham ishtrok etishi belgilangan.

Bugun,16-sentabr kuni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev seminar-treningda ishtirok etish uchun jo'nab ketayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi va ularga har daqiqa vaqtdan unumli foydalangan holda tajriba va malakalarni oshirib, seminarda faol ishtirok etishlarida omad tiladi.

Ma'lumot o'rnida seminar-treningni o'tkazish uchun Daniya va Ispaniya oliygohlarining tajribali professorlari taklif etilgan.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.