Joriy yilning 15-sentabr kuni Rossiya Fanlar akademiyasi N.D. Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti professor-o'qituvchilari ikki tomonlama kelishuvga asosan Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Tabiiy fanlar fakulteti talabalariga biologiya va kimyo fanini o'rgatish borasida zamonaviy metodika asosida “Postgenom davrida biokatalizatorlarni qidirish va ajratib olish”, “Aminoperoksidlar. Sintez va biologik faollik” mavzularida maruza mashg'ulotlarini o'tdi.
Shundan so'ng, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan magistrlik dissertatsiyalari himoyalarida taqrizchi sifatida ishtirok etish, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish, hamkorlikda konferensiyalar va boshqa turdagi ilmiy-ijodiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI