Bugun, 14-sentabr kuni Andijon davlat universitetida kimyo kafedrasi tomonidan "Tovarlar kimyosi hamda xalq tabobati muammolari va istiqbollari" mavzusida X xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.
Unda Italiya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston davlatlarining nufuzli universitetlaridan professorlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Xalq tabobati ilmiy-amaliy markaz rahbari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti professorlari, Andijon davlat tibbiyot instituti professorlari hamda ilmiy izlanishlarning natijalari bilan ishtirok etishni istagan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, magistrlar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab, ilmiy-amaliy anjumanni ochib berish uchun Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Iqboljon Karimjanov so'zga chiqib, universitetimiz olimlari tomonidan umumta'lim maktablari, o'rta maxsus hamda oliy ta'lim muassasalari uchun darslik va o'quv qo'llanmalar chop etilayotganini e'tirof etib, bu kabi anjumanlar ko'plab tashkil etilishi, bu o'z navbatida ta'lim sohasini yanada rivojlanishiga yo'l ochib berishi to'g'risida gapirib o'tdi.
Anjumanda ma'ruzachilar tomonidan kun tartibiga qo'yilgan "Kamqonlik kasalligini xalq tabobati usullari yordamida davolash", "Interactions: The Pillars of the Architecture of the universe", O'zbekistonda yaratilgan yangi fanlarning istiqbollari va tuzilish nazariyasining ahamiyati", "Тиогидразоны Госсипола", "Tovarlar kimyosi va Xalq tabobati fanlarining vujudga kelishi hamda ularning amaliy ahamiyati" mavzularida barcha maʼruzalar tinglandi va yakunda yigʻilganlar tomonidan savol-javoblar tashkil etildi.
Konferensiyaga tashrif buyurgan mehmonlar uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida isteʼdodli rangtasvir ustalari Boburjon Qodirov, Jahongir Begijonov, Isroiljon O'rinboyev, Murodjon Temirovlar ishlagan "Ijodimiz senga armug'on" deb nomlangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi barcha uchun birdek manzur bo'ldi.
Ushbu anjuman professor-o'qituvchilarga, soha mutaxassislariga hamda magistrant talabalarga foydali ma'lumotlar almashinuvi bo'libgina qolmay, tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI