Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda birinchi bosqich talabalari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
2023-09-13    274

Bugun, 13-sentabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitetning birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari bilan universitet ma'muriyati ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

Uchrashuvda universitet birinchi prorektori va fakultet rahbariyati tomonidan ota-onalarga oliygohda talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumotlar berilib, universitet "Ichki tartib qoidalari", "Odob-axloq kodeksi", talabalarning kiyinish madaniyati, pedagog va talaba oʻrtasidagi oʻzaro muloqot madaniyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

 

Shundan so'ng, ota-onalar va talabalarni universitet tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi"ga tashrifi tashkillashtirilib, tashrif doirasida muzey xodimlar tomonidan El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to'laqonli aks ettirgan muzeyga sayohat davomida mehmonlar Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti bilan tanishdilar.

 

Shuningdek, uchrashuv yakunida ota-onalar farzandlari istiqomat qilayotgan talabalar turar joyida bo'lib, u yerdagi shart-sharoitlar va qulayliklar bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.