Andijon Davlat
Universiteti
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang’ich tashkilotining hisobot yig’ilishi o'tkazildi
2023-09-13    325

Bugun, 13-sentabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Omadbek Olimjonovning yillik hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi.

 

Unda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Axborot-tahlil va ijro nazorati bo'limi boshlig'i D.Mahmudov, Andijon viloyat Kengashi raisi A.Tangirqulov, universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor X.Xodjamberdiyev dekan o'rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etdi.

 

Dastlab, universitet yetakchisi Omadbek Olimjonov bir yilda bajargan ishlari, erishilgan yutuqlarining hisobotini o’z nutqlarida ifodalab berib kelajakda qilinishi zarur bo’lgan ishlar re’jasini omma e’tiboriga taqdim etdi.

 

Uchrashuv davomida Kengashi raisi A.Tangirqulov bir yil davomida yutuqlarga erishgan, bir qancha mukofotlarni qo’lga kiritgan talabalar, muddatli harbiy xizmatda bo’lib bugungi kunda filialda shartnoma asosida ta’lim olayotgan va shartnoma to’lovining 35% Yoshlar ittifoqi tomonidan to’lanayotgan talabalar erishgan yutuqlari to’g’risida nutq bayon etdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.