Bugun, 12-sentabr kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish maqsadida Jalaquduq tumanida bo'ldi.
Dastlab, rektor fakultetlardagi kafedra va auditoriyalarda professor-o’qituvchilarga hamda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganib, talabalar bilan suhbatlashdi va ularning fikr-mulohazalarni, takliflarini tingladi.
Shundan song, talabalarning yashash sharoitini o'rganish maqsadida hududda joylashgan to'rtinchi talabalar turar joyining kutubxonasi, kompyuter xonalari, oshxonasi, sanitariya va maʼnaviy xordiq chiqarish xonalarini koʻzdan kechirdi va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazayotgan talabalar bilan suhbatlashdi.
O‘rganishlar so‘nggida universitet rektori tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼul xodimlarga aniq ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI