Andijon Davlat
Universiteti
Universitetida talaba-yoshlar o'rtasida "Talabalar ligasi"ga start berildi
2023-09-12    307

Joriy yilning 11-sentabr kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha  “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Tantanali tadbirni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha musobaqa qatnashchilariga omad tiladi. 

Ochilish marosimidan so‘ng, Sport klubi raisi Yegor Кatlov musobaqa qatnashchilarini qoidalari bilan tanishtirdi va belgilangan grafik asosida musobaqalarga start berdi.

Ma'lumot o'rnida hafta davomida talaba-yoshlar shaxmat, stol tennis, futbol basketbol hamda vоleybol sport turlari bo‘yicha bellashadilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.