Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda talaba-yoshlar o'rtasida "Talabalar ligasi"ga start beriladi
2023-09-09    406

Ma'lumki, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda bir qator hamkor tashkilotlarning Qo‘shma qarori asosida OTM talabalari o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha "Talabalar ligasi" o‘tkazish belgilangan.

 

Andijon davlat universitetida "Talabalar ligasi"ga munosib tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va bo‘lajak rejalarni muhokama qilish maqsadida bugun, 9-sentabr kuni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev boshchiligida sport seksiya rahbarlariga yig'ilish o'tkazildi.

 

Mazkur yig'ilishda prorektor talabalar ligasini munosib o'tkazishda puxta tayyorgarlik ko'rishlari bo'yicha mas'ullarga kerakli ko'rsatmalar berdi va universitet sport klubining moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, seksiya rahbarlariga sport jihozlari topshirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.